"Ubuntu O'zbek tarjimonlari" guruhiga xush kelibsiz!

Bu yerda siz qo‘lingizdan kelganicha "Ubuntu" Linuks tizimini o‘zbek tiliga o‘girishga yordam berishingiz mumkin.

Guruhimizda tarjimonlar talaygina bo‘lishiga qaramasdan "Son boru salmoq yo‘q" deganlaridek, natijalar maqtanarli darajada emas. Shuning uchun har bir so‘z yoxud iboraning tarjimasida qo‘shadigan kichik xissangiz ham o‘zbek tili tarjimalari uchun muhimdir. Marhamat, yordamingizni ayamang.

Tarjima ustida ishlayotgan fayllarni kompyuteringizga saqlab olib, "lokalize", "gtranslator" yoxud "PoEdit" (Windows OT uchun) dasturlaridan foydalansangiz, ham ish davomida doimiy Internetga ehtiyoj bo‘lmaydi, ham tarjima sifati yuqori bo‘ladi.

"Ubuntu"da

    sudo apt-get install lokalize

buyrug‘i bilan "lokalize",

    sudo apt-get install poedit

buyrug‘i bilan "PoEdit" dasturini o‘rnatib olishingiz mumkin.

Agar "Windows" operatsiyon tizimidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, "PoEdit" dasturini quyidagi bog‘ich orqali kompyuteringizga yozib olishingiz mumkin:
http://www.poedit.net/

Tarjima bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni quyidagi sahifadan olishingiz mumkin:
https://help.launchpad.net/Translations/Guide/Uzbek

Shuningdek, erkin va ochiq kodli dasturlarni o‘zbek tiliga tarjima qilish bo‘yicha http://groups.google.com/group/floss-uz-l10n guruhi tuzilgan. Ushbu guruh orqali ham dasturlarni o‘zbek tiliga tarjima qilib, o‘z hissangizni qo‘shishingiz mumkin.

*ESLATMA*: iltimos, tarjima matnlarini lotin alifbosida yozishni unutmang!

Team details

Email:
Log in for email information.
Owner:
Adham Kurbanov
Created on:
2006-03-14
Languages:
English, Russian, Uzbek
Membership policy:
Moderated Team

Mailing list

mail ubuntu-l10n-uz@lists.staging.launchpad.net
Policy: You must be a team member to subscribe to the team mailing list.
email View public archive
team View subscribers